Yaroslavl davlat sirki
Yaroslavl davlat sirki – Yaroslavl shahridagi davlat sirki. Mehnat maydonida joylashgan. Sirk 1963-yilda ochilgan. Uning tomosha zali 1632 kishini sigʻdira oladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaroslavlda birinchi qishki sirk 1850-yilda Rudolf Gverra tomonidan qurilgan. 18-asrning 70-yillarida K.Vilye "Gimnastika sirki" tomoshalarini taqdim etgan. 1884-1885-yillarda M.Trutssining "Italiya sirki" chiqishlar qilgan. 1912-yilda aka- uka Nikitinlar va S. Baidonining vaqtinchalik sirklari faoliyat olib borgan. 1913-yilda Yaroslavl shahridan bo'lgan Yemelyanov sirk teatri uchun issiq bino qurib, uni E.Trutssi, S.Arrigoni, aka-uka Yefimovlar, M.Pempkovskiyning "Fantaziya" sirkiga ijaraga bergan. 1920-yillarda o't o'chiruvchilar tomonidan qurilgan binoda ko'chma sirk guruhlari chiqishlar qilgan.
Shahardagi birinchi davlat sirki 1937-yilda qurilgan. U to'laligicha yog'ochdan yasalgan edi. 1943-yildagi urush vaqtida bino butunlay vayron bo'lgan.
1950-1960-yillarda shaharga ko'chma sirk chodirlari tashrif buyurib turgan.
1800 o'ringa mo'ljallangan sovet loyihasi asosidagi yangi ko'chmas sirk 1963-yilga kelibgina quriladi[1]. Yaroslavl sirki arenasida Yuriy Durov, Oleg Popov, Karandash, Yuriy Nikulin, Igor Kio, Anatoliy Latishev, Tamerlan Nugzarov, Andrey Nikolaev, Nikolay Pavlenko, Ivan Yarovoy, Valter Zapashniy va boshqa ko'plab san'atkorlar chiqish qilganlar. Shuningdek, sirk binosi estrada yulduzlarining chiqishlari uchun maydon ham hisoblangan[2]. M. Ziberov, A. Yadryonov, S. Traxtenberg (1990-yildan)lar sirk direktorlari lavozimida ish olib borganlar.
2009-yil aprelidan 2011-yil martigacha Yaroslavlning 1000-yilligi munosabati bilan so'nggi yarim asr ichida birinchi marta uzoq vaqtdan beri qoniqarsiz holatda bo'lgan sirk binosi rekonstruksiya qilindi[1][3]. Qayta tiklangan sirk binosining ochilishi 2011-yilning 30-mart sanasida boʻlib oʻtdi[4].
Zamonaviylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayni paytda Yaroslavl sirki nafaqat mamlakatning yetakchi sirk jamoalari chiqishlari uchun mo'ljallangan joy, balki mintaqadagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun maydon ham hisoblanadi. Sirk tomonidan 2015-2017-yillarda shahar madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Imkoniyatlar arenasi” loyihasi bunga misol boʻla oladi. Loyiha shahardagi maktab oʻquvchilari va imkoniyati cheklangan bolalarni sirk san’ati orqali ijtimoiy reabilitatsiya qilish va atrofdagi odamlarga moslashtirishga qaratilgan edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Хлеба и зрелищ[sayt ishlamaydi]. ГТРК «Ярославия». 29.03.2010.
- ↑ Ярославский государственный цирк (Wayback Machine saytida 2009-06-09 sanasida arxivlangan). Официальный сайт города Ярославля
- ↑ Ярославский цирк закрывают[sayt ishlamaydi]. ГТРК «Ярославия». 04.03.2009.
- ↑ Цирк в Ярославле открыт после реставрации[sayt ishlamaydi].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yaroslavl sirkining rasmiy veb-sayti Архивная копия
- FKP Rossiya davlat sirki arxivining rasmiy veb-sayti -dagi Архивная копия